«yashirin iqtisodiyot» tegli maqolalar


“Prezident jamoasida ortga qaytish haqida o‘ylaydiganlar ishlamaydi” — Jamshid Qo‘chqorov
15 aprel 2024, 18:10

“Prezident jamoasida ortga qaytish haqida o‘ylaydiganlar ishlamaydi” — Jamshid Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston hukumati yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni boshlashini aytdi. Qonun va qoidalarni buzgan tadbirkorlar tartibga chaqiriladi. U buni “ortga qaytish” sifatida ko‘rmaslik kerakligini, “Prezident jamoasida bu haqda o‘ylaydigan odamlar ishlamasligini” ta’kidladi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlar va tovarlar uchun naqd pulda to‘lashni taqiqlash rejalashtirilmoqda
19 fevral 2024, 23:49

O‘zbekistonda ayrim xizmatlar va tovarlar uchun naqd pulda to‘lashni taqiqlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, uy-joylarni jismoniy shaxslarga sotishda quruvchilar va boshqalar uchun naqd puldan foydalanishni qisqartirish va naqdsiz to‘lovlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Yog‘och, shinalar va shakar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish ham rejada bor.

“Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘lyapti” — prezident
17 yanvar 2024, 12:03

“Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘lyapti” — prezident

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotdan davlat budjetiga 30 trln so‘m, yalpi ichki mahsulotga 135 trln so‘m zarar yetkazilgan. Deyarli 11 mingta korxona (41 foiz) hisobotlarida faqat 1 kishini ishchi sifatida ko‘rsatgan. “Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘lyapti”, — dedi prezident.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tergov yuritish vakolati beriladi
16 yanvar 2024, 12:39

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tergov yuritish vakolati beriladi

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.

Qurilish sohasida ayrim binolarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yori joriy etiladi — Jamshid Qo‘chqorov
20 dekabr 2023, 17:20

Qurilish sohasida ayrim binolarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yori joriy etiladi — Jamshid Qo‘chqorov

Qurilish sohasida ish o‘rinlarini qonuniylashtirish uchun 1-apreldan ayrim obyektlarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yorini joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Unga ko‘ra, bu birinchi bosqichda davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qurilishlarga qo‘llaniladi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlar uchun to‘lovni naqd pulda qabul qilish to‘xtatilishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari
20 dekabr 2023, 16:39

O‘zbekistonda ayrim xizmatlar uchun to‘lovni naqd pulda qabul qilish to‘xtatilishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida naqd pul muomalasini qisqartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ayrim to‘lovlarni faqat bank kartalari orqali to‘lash haqida bormoqda.

O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda
30 iyun 2021, 11:56 1

O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. Marakaziy Osiyoning boshqa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq. Tojikiston YAIMda yashirin iqtisodiyot 40,7 foizni, Qozog‘istonda 36,6 foizni va Qirg‘izistonda esa 30,5 foizga to‘g‘ri kelgan.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etiladi
28 oktabr 2020, 21:31

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish Maxsus komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda. Davlat idora va tashkilotlarida komplayens-nazorat tizimi joriy etiladi. Jarayonlar OAVda keng yoritiladi.

Prezident farmoni: Qurilish sohasida ishchilarni shartnomasiz yollashga ruxsat beriladi
28 oktabr 2020, 20:35

Prezident farmoni: Qurilish sohasida ishchilarni shartnomasiz yollashga ruxsat beriladi

Prezidentning yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid qarori bilan qurilish sohasida ishchilarni shartnoma tuzmasdan yollashga ruxsat etilmoqda. Bundan tashqari, rieltorlarning aylanma soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha tushiriladi. Ovqatlanish shoxobchalarining plastik kartadan tushgan daromadi esa umumiy daromadga kiritilmaydi.

Yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etiladi
27 iyul 2020, 20:44

Yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlari qisqartiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting